AQSh prezidenti Donald Tramp Pokistonga moliyaviy yordam ko‘rsatishni to‘liq to‘xtatishga tayyor. Bu haqda Qo‘shma Shtatlarning BMTdagi doimiy vakili Nikki Xeyli ma’lum qildi, deya xabar beradi “Kommersant”.
Xelli AQSh ma’muriyati Islomobodga terrorchilikka qarshi kurash bo‘yicha hamkorlik doirasida hozircha 255 million dollar o‘tkazmaslikka qaror qilganini eslatdi.
“Bunga yetarlicha asoslar bor edi. Pokiston uzoq yillardan beri ikki tomonlama o‘yin qilib kelyapti. Ular ba’zan biz bilan ishlaydi, biroq Afg‘onistondagi qo‘shinlarimizga hujum qilayotgan terrorchilarni ham yashirmoqda. Shu sababli prezident Pokistonni moliyalashtirishni to‘liq to‘xtatishga tayyor”, — dedi Xeyli.
Eslatib o‘tamiz, oldinroq Tramp Pokistonni terrorchilarga boshpana berishda ayblagandi.
Izoh (0)