31-dekabr kuni Rossiyaning Suriyadagi Xmeymim aviabazasiga uyushtirilgan minomyotli hujum natijasida yettita samolyot yo‘q qilindi. Bu haqda harbiy-diplomatik manbalariga tayanib, “Kommersant” xabar berdi.
Nashr ma’lumotlariga ko‘ra, jangarilar bazani o‘qqa tutib, to‘rtta Su-24 bombardimonchisini, ikkita Su-35S qiruvchisini va An-72 transportchi samolyotini deyarli yo‘q qilib tashlagan. Shuningdek, o‘q-dorilar ombori ham portlatilgan.
Oqibatda o‘ndan ortiq harbiy xizmatchilar jabrlangan, ammo gap rossiyaliklar haqida borayotganiga aniqlik kiritilmagan.
Ushbu ma’lumotlarni mudofaa vazirligi rasman tasdiqlaganicha yo‘q.
Izoh (0)