Pokistonning Panjob viloyatida joylashgan Attok shahridagi shifoxonada gaz baloni portlab ketdi. Bu haqda “Vesti.ru” xabar bermoqda.
Portlash oqibatida olti kishi halok bo‘lgan va o‘ndan ortiq odam jarohat olgan.
Mahalliy hukumatning ma’lum qilishicha, odamlar gaz baloni portlashi tufayli shifoxona binosining ma’lum bir qismi qulab tushishi oqibatida halok bo‘lgan. Qutqaruvchilar vayronalar ostida yana odamlar borligini ta’kidlagan. Qutqaruv ishlari davom etmoqda.
Izoh (0)