Eronni o‘tgan yil dekabri oxirida qamrab olgan tartibsizliklar tuzum o‘zgarishi va inqilobga olib kelishi dargumon. Bu haqda Rossiya Fanlar akademiyasi sharqshunoslik instituti katta ilmiy xodimi Vladimir Sajin ma’lum qildi, deb xabar beradi “RIA Novosti”.
Ekspert 2009-yildan beri eng yirik tartibsizliklar iqtisodiy omillardan norozilikdan boshlangani, biroq keyinchalik rasmiylar bilan kelishmaslikka aylanib ketganini bildirdi.
“Eronning Iroq, Suriya, Yamandagi faol tashqi siyosati katta mablag‘ni talab qildi, shu sababli iqtisodiy jihatdan ko‘p rejalar amalga oshmadi. Bu esa aholining noroziligini keltirib chiqardi”, — deydi Sajin.
Ekspertga ko‘ra, Eronda ikki siyosiy guruh — prezident Hasan Ruhoniy boshchiligidagi liberal islohotchilar va oyatulloh Xomanaiy joriy etgan tizimga sodiq konservatorlar o‘rtasida kurash ketmoqda.
“Mazkur tartibsizliklar u tomonga ham, bu tarafga ham birdek naf keltiradi. Biroq yangi inqilob ro‘y beradi va tuzum ag‘dariladi deb o‘ylamayman”, — ta’kidladi Vladimir Sajin.