Shimoliy Amerikada havo haroratining keskin pasayib ketishi oqibatida Niagara sharsharasi muzlab qoldi, deb xabar berdi “RIA Novosti”.
Sharsharada oqayotgan suvning o‘zi muzlamagan bo‘lsada, undan sachrayotgan suv tomchilari atrofga tushib ajoyib qishki peyzajni hosil qilgan.
Dunyoning turli burchaklaridan ko‘plab turistlar Nyu-York shtati va Kanadaning Ontario provinsiyasiga ushbu manzarani tomosha qilish uchun tashrif buyurmoqda.
Izoh (0)