• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12591.57
    • RUB153.82
    • EUR14545.78
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +33°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Dunyo Texnologiyalar

    Sun’iy intellektga ishonib tabiiy intellektdan ayrilamizmi?

    Sun’iy intellekt (SI) hayotimizning deyarli barcha sohalariga kirib keldi: ta’lim, ish, hatto kundalik qarorlarimizga ham ta’sir o‘tkazmoqda. Ba’zilar uni inson imkoniyatlarini kengaytiradigan vosita deb bilsa, boshqalar aksincha, ortiqcha qulayliklar bizni dangasalik va fikrlash qobiliyatidan mahrum qilishi mumkin, deya xavotirda. Asl savol shuki, SI bizni aqlliroq qiladimi yoki aksincha, aqlni susaytiradimi? The Economist jurnali shu masalada maqola e’lon qildi.

    Foto: The Economist
    Foto: The Economist

    Standartlashtirilgan test topshirgan har qanday kishi yaxshi biladi: 20 daqiqa yoki undan ham kamroq vaqt ichida keng qamrovli insho savoliga javob berish insondan jiddiy aqliy kuch talab qiladi. Sun’iy intellektdan bemalol foydalanish, albatta, bu yukni yengillashtiradi. Biroq Massachusets Texnologiya Instituti (MIT) olimlarining yaqinda o‘tkazgan tadqiqotiga ko‘ra, bu yordamning o‘ziga yarasha salbiy tomoni ham bor.

    Insho yozish bo‘yicha bir nechta mashg‘ulotlar davomida ChatGPT yordamida (va uning yordamisiz) ishlagan talabalarning miya faoliyati EEG moslamalari orqali kuzatildi. Umuman olganda, SIdan foydalangan talabalar miya faoliyatining ijodkorlik va e’tibor bilan bog‘liq qismlarida ancha past faollik ko‘ringan. Shuningdek, ushbu talabalar o’zlari yozgan matndan iqtibos keltirishda ham ko‘proq qiynalganlar.

    Foto: Adobe Stock
    Foto: Adobe Stock

    Ushbu topilmalar SIning ijodkorlik va bilim olish jarayoniga ta’siri haqidagi tobora ortib borayotgan tadqiqotlar safiga qo‘shildi. Bunday izlanishlar sun’iy intellektning qisqa muddatli foydaliligi uzoq muddatli kognitiv salbiy oqibatlar evaziga bo‘lishi mumkinmi, degan muhim savolga javob berishga harakat qiladi.

    MIT tadqiqoti Microsoft Research va SBS Shveysariya Biznes Maktabi tomonidan olib borilgan ikki yirik tadqiqotlarni yanada to‘ldirishga xizmat qildi. Microsoft’dagi tadqiqotda SIdan haftada kamida bir marta foydalanuvchi 319 nafar ishchilar ishtirok etgan. Ular 900 dan ortiq topshiriqni SI yordamida bajargan bo‘lib, o‘z baholariga ko‘ra, shulardan atigi 555 tasi tanqidiy fikrlashni talab qilgan — masalan, AI natijasini mijozga yuborishdan oldin tekshirish yoki javob yaroqsiz chiqsa promptni yangilash. Qolganlari esa deyarli hech qanday aqliy kuch talab qilmagan. Umuman olganda, aksariyat ishtirokchilar ChatGPT, Google Gemini yoki Microsoft Copilot kabi generativ SI vositalari yordamida ishlash jarayonida ulardan ancha kam aqliy mehnat talab qilinganini e’tirof etishgan.

    Professor Maykl Gerlich boshchiligidagi yana bir tadqiqotda, Buyuk Britaniyadagi 666 kishidan sun’iy intellektdan qanchalik tez-tez foydalanishlari va unga qanchalik ishonishlari so‘ralgan. Keyin ularga tanqidiy fikrlashni baholovchi keng qo‘llaniladigan testlar berilgan. SIdan ko‘proq foydalangan ishtirokchilar barcha sohalarda pastroq natija ko‘rsatishgan. Gerlich ta’kidlaganidek, ushbu tadqiqot nashr etilgach, yuzlab o‘rta maktab va universitet o‘qituvchilari u bilan bog‘lanib, ularning o‘quvchilari orasida sun’iy intellektga bog‘liqlik ortib borayotganini, tadqiqot esa ularning tajribasini aniq aks ettirganini aytgan.

    Foto: Digitalinformationworld
    Foto: Digitalinformationworld

    Sun’iy intellekt uzoq muddatda inson miyasini zaiflashtirishi mumkinmi, degan savol hanuz ochiq qolmoqda. Uchala tadqiqot mualliflari ham sun’iy intellektga ko‘p tayanish va aqliy qobiliyatlar zaiflashuvi o‘rtasidagi aniq sababiy bog‘liqlikni isbotlash uchun qo‘shimcha izlanishlar zarurligini ta’kidlaydi. Masalan, Gerlichning tadqiqotlariga ko’ra, tanqidiy fikrlash qobiliyati kuchli bo‘lganlar SIdan kamroq foydalanishlari ham mumkin. MIT tadqiqoti esa atigi 54 ishtirokchidan iborat kichik tanlov asosida o‘tkazilgan, xolos va masalaga faqat bir tomonlama yondashgan edi.

    Shuni ham unutmaslik kerakki, generativ sun’iy intellekt vositalari, boshqa texnologiyalar singari, insonlarning “aqliy yuki”ni kamaytirish, ularning ishini yengillatish uchun ishlab chiqilgan. Miloddan avvalgi 5-asrdayoq Suqrot yozuvni “eslash uchun emas, balki eslatish uchun vosita” deb tanqid qilgan edi. Kalkulyatorlar kassirlarni hisob-kitobdan xalos etadi. Navigatsiya ilovalari kishini xaritani o‘rganishdek yoqimsiz ishdan xalos qiladi. Biroq shunga qaramay, hech kim ushbu texnologiyalar sababli odamlarning qobiliyatlari kamayib qoldi, degan fikrni ilgari surmaydi.

    Voterlu universiteti psixologiya professori Evan Risko va uning hamkori Sem Gilbert odamlarning zerikarli yoki murakkab fikrlash vazifalarini tashqi yordamchilarga topshirishini “aqliy yukni yengillashtirish” degan atama bilan tasvirlaydi. Riskoning aytishicha, mashinalarning aqliy ishlarni bajarishi inson miyasining tabiiy fikrlash qobiliyatini o‘zgartiradi, degan fikrni qo‘llab-quvvatlovchi kuchli dalillar hali mavjud emas.

    Ammo xavotirga sabab shundaki, generativ SI oddiy hisob-kitob emas, balki ancha murakkab fikrlash jarayonlarini — yozish, tahlil qilish, muammo hal qilishni — ham tashqi vositaga topshirishga imkon beradi. Bir ikki martadan so‘ng, shuni odatga aylantirib olgan miya, undan voz kechishda qiynaladi. Bu holat “kognitiv tejamkorlik” — ya’ni muammoni eng oson yo‘l bilan hal qilish istagi — kuchayishiga olib keladi. Gerlichning ta’rifiga ko‘ra, bu bir boshlansa borgan sari kuchayib boruvchi odatga aylanishi mumkin: tanqidiy fikrlash zaiflashgan sayin, SIga bo‘lgan ehtiyoj ortadi, bu esa yanada ko‘proq fikrlash jarayonlarini SIga topshirishga olib keladi. Gerlichnign tadqiqotida ishtirok etgan SIga tayanadigan bir talaba shunday degan: “Men sun’iy intellektga shunchalik bog‘lanib qolganmanki, u bo‘lmasa, ba’zi muammolarni qanday hal qilishni ham bilmayman”.

    Ko‘plab kompaniyalar SIni keng joriy qilish orqali unumdorlik o‘sishiga umid qilmoqda. Ammo bu jarayon o‘ziga xos xavfga ham ega. “Uzoq muddatli tanqidiy fikrlashning pasayishi raqobatbardoshlikni zaiflashtirishi mumkin”, deydi Shimoli-sharqiy universitet professori Barbara Larson. Sun’iy intellektdan uzoq muddat foydalanish ijodkorlikni ham pasaytirishi mumkin. Toronto universitetida o‘tkazilgan tadqiqotda 460 ta ishtirokchiga kundalik buyumlar — avtomobil shinalari, shimlar va hokazolarni — ijodkorlik bilan, g‘ayrioddiy tarzda ishlatish usullarini o‘ylab topish vazifasi berilgan. SIdan foydalanuvchilar undan foydalanmagan nazorat guruhiga qaraganda kamroq g‘ayrioddiy javoblar taklif qila olishgan, ya’ni ulardagi ijodkorlik kamayib ketgani ma’lum bo’lgan.

    Miyani faol saqlashning yo‘llari mavjud. Doktor Larsonning tavsiyasiga ko‘ra, eng samarali yondashuv — SIni “g‘ayratli, ammo tajribasiz yordamchi” sifatida ishlatishdir. Gerlich esa, yakuniy javobni so‘rash o‘rniga, SIdan har bir bosqichda yo‘nalish berishni so‘rashni tavsiya qiladi. Masalan, “Ta’tilga qayerga borsam bo‘ladi?” deb so‘rash o‘rniga, avval “Qayerda eng kam yomg‘ir yog‘adi?” deb so‘rash va sekin-asta davom ettirish mumkin.

    Microsoft jamoasi foydalanuvchilarning fikrlashini yanada chuqurlashtirish uchun suhbat davomida turli “fikrlashga undovchi savol”lar berib turadigan AI yordamchisini ishlab chiqarishmoqchi. Emori va Stenford universitetlari olimlari esa chatbotlarni shunchaki javob taqdim etuvchi vosita emas, balki foydalanuvchilarga savollar beradigan “fikrlash yordamchisi”ga aylantirish g‘oyasini ilgari surmoqda. Suqrot ushbu tashabbusni mamnuniyat bilan ma’qullagan bo‘lardi.

    Foto: “profkarim.medium”
    Foto: “Profkarim.medium”

    Ammo bunday strategiyalar amalda unchalik samarali bo‘lmasligi mumkin. Hattoki agar model ishlab chiquvchilar chatbotlarni sekinroq yoki oldingidan samarasizroq qilib yaratishsa ham, bu foyda bermasligi va salbiy oqibatlarga olib kelishi mumkin: Texasdagi Abilene Christian universiteti tadqiqotiga ko‘ra, foydalanuvchiga tez-tez savol berib turadigan, uni fikrlashga chorlaydigan AI yordamchilari tajribasiz dasturchilarning ish faoliyatini yanada yomonlashishiga hissa qo’shgan.

    Odamlarning aqliy faolligini saqlashning boshqa usullari esa ancha sodda, biroq qat’iyroqdir. SIdan haddan tashqari ko‘p foydalanayotganlar oldin o‘z javoblarini mustaqil ishlab chiqishga yoki sun’iy intellektdan foydalanishdan avval biroz kutishga majbur etilishlari mumkin. Microsoft tadqiqotchisi Zana Buchinca buni “kognitiv majburlash” deb ataydi. Bu usul foydalanuvchilarning samaradorligini oshirishi mumkin, biroq bu ko’pchilikka yoqmaydi. “Odamlar ularning ishlariga aralashib, ularni nimagadir majburlashingizni yoqtirmaydilar”, — deydi Buchinca. Shu sababli, bu kabi cheklovlarni aylanib o‘tishga bo‘lgan talab yuqori bo‘lishi mumkin. Oliver Wyman tomonidan 16 mamlakatda o‘tkazilgan so‘rov natijalariga ko‘ra, ishtirokchilarning 47 foizi ularning xo’jayini taqiqlagan taqdirda ham SI vositalaridan foydalanishda davom etgan bo’lardim, deb aytishgan.

    Texnologiya hali yangi ekan, hali hanuz ko‘plab vazifalarda inson miyasi eng ishonchli vosita bo‘lib qolmoqda. Biroq vaqt o‘tishi bilan nafaqat foydalanuvchilar, balki qonun ishlab chiqaruvchi va nazorat qiluvchilar ham sun’iy intellektning foydalari uning aqliy faoliyatga nisbatan berayotgan zararlarini qoplayaptimi-yo‘qmi, degan savolga javob berishga majbur bo‘lishadi. Agar kuchli dalillar paydo bo‘lib, SI odamlarni tobora aqlsiz qilayotgani isbotlansa — odamlar bunga e’tibor berisharmikan?

    30 iyul, 16:30   Izoh (0)   906
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email
    Erkin G‘aybullayev

     

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Endi Ucell ilovasida Yandex Music’ni tinglash mumkin 


    Vaqt sinovidan o‘tgan tarmoq: 33-yillik faoliyat, 12 million foydalanuvchi tanlovi va mobil aloqaning yangi arxitekturasi


    Aqlli diversifikatsiya: nima uchun kerak va kapitalni qanday taqsimlash lozim?


    “Biznesni rivojlantirish banki” BMT Taraqqiyot Dasturi bilan hamkorlik qiladi


    STEM va biznes yo‘nalishidagi qizlar uchun TBC Bank’dan ta’lim grantlari — O‘zbekistonda gender tafovutini kamaytirish yo‘lida yangi qadam


    OKMKda mahalliy dumpkarlardan foydalaniladi 


    SonetUzStyle tanlovida ishtirok etish uchun arizalar qabuli 15-avgustgacha uzaytirildi


    InfinBANK va Kwikpay: uyingizga komissiyasiz va mehr bilan xalqaro pul o‘tkazmalari


    American University of Technologyʼda bakalavrlar uchun ochiq eshiklar kuni


    Toshkentda CRYPTO O₂ forumi bo‘lib o‘tdi: Texnologiya, fintech va tartib‑qoidalar muhokama qilindi 


    Avvallari xufiyona iqtisodiyotda faoliyat yuritgan eshitish va gapirishda muammosi bor insonlar endi rasmiy sektorga qo’shilib, Poytaxt Parking jamoasining bir qismiga aylandi


    Qo‘ng‘iroqlardan mobil internetga: Toshkent mobil aloqadan foydalanish modelini qanday o‘zgartirmoqda


    OKMKda yangi sulfat kislota sexi qurilmoqda


    Sug‘urta sohasidagi uzoq kutilgan islohotlar: manfaatlar qonun himoyasida 


    AKFA energiya tejovchi romlari: iqlimga moslashtirilgan, qulaylikni ko‘zlagan 

     

    Tavsiya etamiz

    Tramp uchun xavotirlar: AQSH prezidenti taniqli shaxslarga yosh qizlarni sotgan Jeffri Epshteynning mijozi bo‘lganmi?

    29 iyul, 17:19

    Bir kechada oddiy ofitsiantdan millionerga aylangan ayol: lotereyadan yutilgan 10 mln dollar mashmashasi

    27 iyul, 09:25
    Audio Icon

    Andijoncha hotamtoylik: “Dunyo sadolari”ga sarflanayotgan milliardlar va shubhali shartnomalar

    24 iyul, 21:25

    “Rossiya allaqachon katta og‘alik maqomini yo‘qotib bo‘ldi”. Ukraina urushi postsovet hududida nimalarni o‘zgartirdi?

    24 iyul, 15:15
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    AQSHdan navbatdagi savdo tariflari: Janubiy Koreyaga nisbatan yengil, Hindistonga yuqori stavka joriy etiladi

    Dunyo | 31 iyul, 11:00

    Aqlli diversifikatsiya: nima uchun kerak va kapitalni qanday taqsimlash lozim?

    Reklama | 31 iyul, 10:30

    Kambag‘allik va zo‘ravonlikka qarshi: Opra Uinfri, Rianna va boshqa mashhurlar ayollarga qanday yordam bermoqda?

    Shou-biznes | 31 iyul, 10:56

    O‘zbekistonda xalqaro til sertifikati yo‘q o‘qituvchilarni ishdan bo‘shatmaslik so‘raldi

    O‘zbekiston | 31 iyul, 10:52

    Esports World Cup Chess. Javohir Sindorov musobaqa bilan xayrlashdi, Nodirbek Abdusattorov esa pley-off yo‘llanmasiga ega chiqdi

    Sport | 31 iyul, 10:30

    Yevropa Ittifoqida oktyabr oyidan boshlab yangi chegara nazorati tizimi ishga tushiriladi

    Dunyo | 31 iyul, 10:29

    O‘zbekistonda yil boshidan beri samolyotda 5 ta o‘lim qayd etildi

    O‘zbekiston | 31 iyul, 10:21

    Uchayotgan samolyot yo‘lovchining buyumi sababli ortga qaytdi

    Dunyo | 31 iyul, 10:12

    “Dunyo go‘zali 2025” tanlovida kim g‘olib bo‘ldi va u haqda nimalar ma’lum?

    Shou-biznes | 31 iyul, 09:47
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.