AQSh Eron rasmiylarini fuqarolarining huquqini hurmat qilishga chaqiradi. Bu haqda Oq Uy rasmiy vakili Sara Sanders ma’lum qildi, deb xabar beradi “RIA Novosti”.
“Eron hukumati o‘z xalqining huquqlari, jumladan, fikrini bildirish huquqini hurmat qilishi lozim. Eron fuqarolari tuzum korrupsiyasi, xorijda terrorchilikni moliyalashtirish uchun milliy boyliklar talon-toroj qilinayotganidan norozi bo‘lib, tinch namoyishlar o‘tkazmoqda”, — ta’kidladi Sanders.
Ma’lumot uchun, 2009-yildan beri eng yirik norozilik namoyishlari Eronda uch kundan beri davom etmoqda. Hukumatga qarshi namoyishchilar safida yoshlar va talablar ko‘pligi bildirilmoqda.
Izoh (0)