Berlin ma’muriyati Brandenburg darvozasi oldida Yangi yil sayillari vaqtida ishlaydigan “ayollar uchun mo‘ljallangan xavfsiz hudud”ni tashkil etmoqda. Bu haqda “Afisha Daily” xabar bermoqda.
Alohida hudud sayillar vaqtida erkaklarning tegajoqlik qilishidan xavotirdagi ayollar uchun tashkil etilgan. Bu hududda, politsiyachilardan tashqari, zarurat tug‘ilganda ayollarga tegishli yordam ko‘rsatish uchun Qizil Xoch qo‘mitasi vakillari ham tuni bilan navbatchilik qilib chiqadi.
Yuqori darajadagi xavfsizlik choralari Yangi yil bayrami bilan bog‘liq ommaviy tadbirlar vaqtida ayollarga tez-tez hujum uyushtirilishi holatlari qayd etilgani munosabati bilan ko‘rilmoqda.
2016-yili yuzlab ayollar shilqimliklarga uchragan edi. Ularning ba’zilari jismoniy zo‘ravonlikdan aziyat chekkanini ma’lum qilgan, ayollarga tashlanganlar orasida muhojirlar ko‘p bo‘lgan.
Izoh (0)