AQShning markaziy va shimoli-sharqiy qismiga yopirilgan sovuq va qor tufayli kamida 7 kishi halok bo‘ldi. Bu haqda politsiyaga tayanib, New York Times ma’lum qildi, deya xabar beradi “TASS”.
Nashrga ko‘ra, qishki sovuqlar Chikago atrofida (Illinoys shtati) ikki kishining o‘limiga sabab bo‘ldi. Kanzas shtatida yo‘llar muzlagani sababli yuz bergan yo‘l-transport hodisasida to‘rt kishi halok bo‘ldi.
Janubiy Dakota shtatida 83 yoshli ayol qor uyumiga tiqilib qolgan mashinadan chiqib, qo‘shni Minnesota shtati chegarasidagi yagona shaharchaga yetib olmoqchi bo‘lganida muzlab qoldi.
AQSh Milliy meteorologiya xizmatining bildirishicha, mazkur hududlarda havo harorati kechki payt -17 darajagacha sovib ketgan.
Izoh (0)