United Airline Network (UAN) qidiruv servisi “facebook.com/rkadyrov95/” manzilini Checheniston hukumatiga qaytarib berdi. Bu haqda Checheniston rahbari Ramzan Qodirov o‘zining Telegram’dagi kanalida ma’lum qildi, deb xabar berdi TJournal.
Sahifaning yangi egalari aytishicha, ular bu orqali yomon niyatni ko‘zlamagan — shunchaki ommalashgan brenddan foydalanishgan.Uning so‘zlariga ko‘ra, sahifaning yangi egalari bilan muzokaralar “bir-birini tushungan va hurmat qilgan holda o‘tgan”. Muzokaralardan so‘ng sahifani “iltifot bilan o‘chirishgan”.Ramzan Qodirov, Checheniston rahbari
Checheniston hukumati “facebook.com/rkadyrov95/” manzilini Qodirovning ismidan reklama va targ‘ibot maqsadlarida foydalanmasligi uchun yangi akkaunt orqali band qilib qo‘yishga qaror qildi.
28-dekabr kuni UAN qidiruv servisi bundan avval Qodirovga tegishli bo‘lgan Facebook’dagi manzilga o‘z sahfisini joylashtirgani ma’lum bo‘lgandi. Servisning bosh direktori agarda ma’muriyat vakillari murojaat qilsa, akkauntni qaytarib berishga tayyor ekanligini bildirgandi.
Qodirovning ismi AQSh tomonidan taqdim etilgan sanksiyalar ro‘yxatidan joy olganidan so‘ng uning sahifasini bloklab qo‘ygan edi.
Izoh (0)