Germaniya konstitutsiyaviy sudi Aushvits konslageri sobiq xodimi, 96 yoshli Oskar Gryoningga chiqarilgan hukm ustidan berilgan apellyatsiyani rad etdi va uni qamoqqa jo‘natishga qaror qildi. Bu haqda “RBK” xabar bermoqda.
Gryoning Aushvits konslagerida buxgalter bo‘lib ishlagan. U, jumladan, lager mahbuslaridan musodara qilingan mol-mulk hisobini yuritgan.
2015-yili sud uni 4 yil qamoq jazosiga hukm qildi. Biroq himoya Gryoningning yoshi va salomatligini ro‘kach qilib, jazo kechiktirilishini talab qilgan edi.
Advokatlarga ko‘ra, qamoq jazosi Gryoningning yashashga bo‘lgan konstitutsiyaviy huquqini poymol qiladi. Konstitutsiyaviy sud bu da’voni qanoatlantirmadi.
Izoh (0)