Rossiya Federal xavfsizlik xizmati Sankt-Peterburgdagi supermarketdagi terakt tashkilotchisi va ijrochisi ekanligi gumon qilinayotgan shaxsni qo‘lga oldi. Bu haqda Meduza xabar bermoqda.
Gumonlanuvchini so‘roq qilish boshlandi. Erkak portlashga aloqadorligini tan oldi.
“Interfaks” manbasi qo‘lga olingan shaxs 35 yoshli Dmitriy Lukyanenko ekanligi va o‘zini “Novaya era” millatchilik harakatiga mansub sanashini bildirdi. U oldinroq narkotiklarning noqonuniy aylanmasida ayblanib, sudlangan.
Oxirgi ma’lumotlarga ko‘ra, “Perekryostok” supermarketida 27-dekabr kuni yuz bergan portlashda 18 kishi jarohat oldi, 8 kishi hozir ham kasalxonada qolmoqda.
Izoh (0)