• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12581.97
    • RUB157.75
    • EUR14698.26
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +25°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    Video: O‘zbekistonda 2017-yilda diniy sohada amalga oshirilgan ishlar solnomasi

    O‘zbekistonda 2017-yil — boshqa yo‘nalishlarda bo‘lgani kabi — diniy-ma’rifiy sohada ham yangiliklar, islohotlarga boy bo‘ldi. Jaholatga qarshi ma’rifat bilan kurashish, islom ma’rifatini tarqatish, ajdodlarning boy ma’naviy merosini yanada chuqur o‘rganish yo‘lida O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev boshchiligida ko‘plab tashabbuslar, loyihalarga qo‘l urildi.

    O‘zbekiston musulmonlari idorasining “Muslim.uz” va diniy idora Toshkent shahar vakilligining “Vakillik.uz” saytlari O‘zbekistonda 2017-yilda diniy sohada amalga oshirilgan muhim voqea-hodisalar solnomasini tayyorladi.

    20-yanvar. O‘zbekiston Haj delegatsiyasi Makka shahrida Haj vazirligi Muassasa rahbari Toriq al-Inqaviy bilan uchrashdi. Al-Inqaviy O‘zbekiston ishchi guruhining faoliyatiga yuqori baho berdi. O‘zbekistonning 7 200 kishilik yangi haj kvotasi bo‘yicha bayonnoma imzolandi.

    14-fevral. O‘zbekiston Prezidentining “Imom Termiziy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori e’lon qilindi.

    26-fevral. O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Qashqadaryo viloyatida “Abul Mu’in an-Nasafiy” ziyoratgohidagi qayta qurilish ishlarining borishi bilan tanishdi.

    10-mart. O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Buxoro viloyatida Bahouddin Naqshband me’moriy majmuasini ziyorat qilib, majmuani yanada obod maskanga aylantirish yuzasidan ko‘rsatmalar berdi.

    28-mart. Islom dini rivojiga ulkan hissa qo‘shgan buyuk alloma Abu Iso Termiziy (Imom Termiziy) va termiziy allomalarning 14 nomdagi adabiyotlari hozirga qadar tadqiq etilgani va chop etilgani e’lon qilindi.

    21-aprel. O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Toshkentdagi “Imom at-Termiziy” jome masjidiga tashrif buyurib, masjidni tubdan qayta qurish, atrofini go‘zal maskanga aylantirish yuzasidan ko‘rsatma va topshiriqlar berdi.

    4—10-may kunlari O‘zbekiston musulmonlari idorasi vakillaridan iborat delegatsiya Rossiyaning Sankt-Peterburg shahrida bo‘lib, diniy sohada o‘zaro aloqalarni mustahkamlash, ekstremizm, terrorizmga qarshi kurashishda o‘zaro hamkorlikni amalga oshirish masalalarini muhokama qildi hamda mehnat muhojirlari, mahalliy aholi va turli tashkilotlar ishtirokidagi ma’rifiy uchrashuvlarda qatnashdi.

    24-may. ISESCO bosh direktori va Toshkent islom universiteti o‘rtasida universitet tarkibida “Islom sivilizatsiyasini o‘rganish — ISESCO” kafedrasini tashkil etish yuzasidan anglashuv memorandumi imzolandi.

    21-may. O‘zbekiston bilan Islom taraqqiyot banki o‘rtasida Imom Buxoriy nomidagi xalqaro tadqiqot markazini tashkil qilish bo‘yicha anglashuv memorandumi imzolandi.

    26-may. Rossiya musulmonlari diniy jamiyati taklifiga binoan, o‘zbekistonlik yetti nafar Qur’on qorilari Ramazon oyida tarovih namozlarini o‘qib berish uchun Rossiyaga jo‘nab ketdi.

    26-may. O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Toshkentdagi “Suzuk ota” jome masjidiga tashrif buyurib, maqbara va masjidni rekonstruksiya qilish, atrofini obodonlashtirish bo‘yicha topshiriqlar berdi.

    30-may. 2018-yildan 10 ming nafar o‘zbekistonlik Umra ziyoratini ado etishi e’lon qilindi.

    15-iyun. Toshkentda “Ijtimoiy-ma’naviy muhit barqarorlikni ta’minlash, muqaddas dinimiz sofligini asrash – davr talabi” mavzusida respublika anjumani o‘tkazildi.

    23-iyun. O‘zbekiston Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzurida O‘zbekistondagi Islom madaniyati markazini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori e’lon qilindi.

    10—13-iyul kunlari Din ishlari bo‘yicha O‘zbekiston delegatsiyasi Ozarbayjon Prezidenti Ilhom Aliyev qabulida bo‘ldi.

    22-avgust. O‘zbekiston Prezidentining 2017-yil 4-apreldagi “Ikkinchi jahon urushi qatnashchilarini rag‘batlantirish to‘g‘risida”gi farmoniga muvofiq, 73 nafar urush qatnashchilari, mehnat faxriylari va nuroniylar haj ziyoratiga bepul jo‘natildi.

    1-sentabr. O‘zbekiston Prezidenti Hazrati Imom (Xastimom) majmuasida bo‘lib, bu joyda barpo etilayotgan Islom sivilaziyasi markazi loyihasi bilan tanishdi.

    6-sentabr. Buxoro viloyatida oliy diniy ta’lim yo‘nalishidagi “Mir Arab” oliy madrasasi ochildi.

    10-sentabr. O‘zbekiston Prezidenti Islom hamkorligi tashkiloti (IHT)ning fan va texnologiya bo‘yicha sammitida ishtirok etdi. Shavkat Mirziyoyev islom olamidagi ilmiy yutuqlar uchun IHT mukofotini joriy etish taklifini bildirdi.

    2—5-sentabr kunlari Tataristonning Qozon shahrida “Buyuk ipak yo‘li — ma’naviyat yo‘li. Bunyodkorlik. Integratsiya” mavzusida II xalqaro ilmiy-amaliy anjumanda O‘zbekiston delegatsiyasi ishtirok etdi.

    19-sentabr. O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev BMT Bosh Assambleyasining 72-sessiyasida nutq so‘zladi.

    30-sentabr. Toshkent islom instituti maxsus sirtqi bo‘limiga qabul e’lon qilindi.

    4-oktabr. Xalqaro press-klubda O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning AQShga tashrifi yakunlari turkumidan “Bag‘rikeng islom: tinchlik va ezgulik dini” mavzuidagi anjuman bo‘lib o‘tdi.

    4-oktabr. O‘zbekistonga BMT Inson huquqlari bo‘yicha kengashining din va e’tiqod erkinligi masalasi bo‘yicha maxsus ma’ruzachisi Ahmad Shahid tashrif buyurdi.

    9-oktabr. O‘zbekiston musulmonlari idorasida Fransiya Tashqi ishlar vazirligining din ishlari bo‘yicha maslahatchisi Jan Kristof Posel bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

    17-oktabr. O‘zbekistonga amaliy tashrif bilan kelgan Checheniston rahbari Ramzan Qodirov tarixiy qadamjolarni ziyorat qildi. Unga “Mir Arab” oliy madrasasining faxriy talabasi yorlig‘i topshirildi.

    18-oktabr. Toshkentda “Islom hamjihatligi: O‘zbekiston va Ozarbayjon misolida” mavzuida xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya bo‘lib o‘tdi.

    8-noyabr. Samarqand viloyatida “Hadis” va “Kalom” ilmiy maktablari faoliyat boshladi.

    10-noyabr. Qashqadaryo viloyatida “Aqida” ilmi maktabining ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi.

    13-noyabr. Buxoro viloyatida Bahouddin Naqshband tasavvuf ilmiy maktabi faoliyat boshladi.

    14-noyabr. Farg‘onada Islom huquqi maktabi ochildi.

    15-noyabr. Andijon shahrida “Islom — tinchlik va ezgulik dini” mavzuida diniy soha xodimlarining Respublika anjumani bo‘lib o‘tdi.

    13-noyabr. Diniy ta’lim muassasalarida “Qur’oni karim va tajvid” hamda “Arab tili” fanlari bo‘yicha pullik o‘quv kurslari tashkil etilishi ma’lum qilindi.

    3-dekabr. O‘zbekistondagi Islom sivilizatsiya markazi, Imom Buxoriy xalqaro ilmiy tadqiqot markazi, Toshkent islom universiteti va Oksford islom tadqiqotlar markazi o‘rtasida hamkorlik memorandumi imzolandi.

    15-dekabr. O‘zbekiston Prezidentining “O‘zbekiston Islom akademiyasini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori e’lon qilindi.

    16-dekabr. O‘zbekiston Prezidenti Nukus shahrida yangidan qurib bitkazilgan “Imom eshon Muhammad” jome masjidiga tashrif buyurdi.

    21—22-dekabr kunlari O‘zbekiston delegatsiyasi Ozarbayjon poytaxti Boku shahrida “2017 yil — Islom hamjihatligi yili: dinlararo va madaniyatlararo muloqot” nomli xalqaro anjumanda ishtirok etdi.

    22-dekabr. O‘zbekiston Prezidenti tashabbusi bilan barcha ishtirok etishi mumkin bo‘lgan Qur’oni karim qiroati musobaqasi o‘tkazilishi e’lon qilindi.

    28-dekabr. O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev “2018-yilda rasmiy sanalarni nishonlash davrida qo‘shimcha ishlanmaydigan kunlarni belgilash va dam olish kunlarini ko‘chirish to‘g‘risida”gi farmonni imzoladi. Farmon sharhida qayd etilishicha, 2018-yildan Qurbon Hayit va Ramazon Hayit bayramlarida uch kunlik dam olish kunlarini belgilash ko‘zda tutilmoqda.

    29.12.2017, 10:37   Izoh (0)   17362
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Islom Karimovga tegishli bo‘lgan tarixiy hujjatlar, shaxsiy buyumlar, rasmlar, suratlar va videomateriallar ilk bor keng ommaga havola etiladi

    29.12.2017, 10:32

    TPS abonentlarga yanada yaqinroq!

    29.12.2017, 10:00

    2017-yilda vafot etgan o‘zbekistonlik davlat va jamoat arboblari

    29.12.2017, 09:58

    O‘zbekistonda “Odam a’zolari va to‘qimalarini transplantatsiya qilish to‘g‘risida”gi qonun ishlab chiqilmoqda

    29.12.2017, 09:54

    O‘zbekistonda ichki turizmni rivojlantirish uchun uzun dam olish kunlari tizimi (Golden Week) joriy qilindi

    29.12.2017, 09:12

    2018-yilgi Davlat dasturi aholi fikrini inobatga olgan holda qabul qilinadi

    29.12.2017, 08:59
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    HONOR talabalarni qo‘llab-quvvatlovchi aksiyani e’lon qildi 


    IMZOning Engelberg premium derazalari Niderlandiyaga eksport qilindi


    Uzbekistan Airways bilan Istanbulga foydali parvoz qiling!


    Yengillik kuch bilan birlashganda: 2025-yilning talabalar uchun mo‘ljallangan to‘rtta ASUS noutbuki 


    Namangan, Farg‘ona va Andijon Pepsi Music Fest quvvati bilan birlashdi!


    #BirBirimizga: O‘zbekistondagi e’lonlar xizmati qanday qilib har bir narsaga ikkinchi umr beruvchi kampaniyani ishga tushirdi


    Way II kompaniyasi o‘z investorlariga dividend to‘lovlarini amalga oshirdi


    Way II kompaniyasidan ikkinchi dividend to‘lov


    Suvchilar maktabi — Prezident tashabbusining amaliy natijasi


    Onix 100 million so‘m keshbek aksiyasini qayta yo‘lga qo‘ydi 


    “Omad mavsumi” UZCARD bilan: uch bosqich, uchta sayohat va bosh sovrin — elektromobil 


    “Bog‘ibaland”da anjir sayli: Samarqandda milliy meva bayrami bo‘lib o‘tdi 


    APEX BANKdan biznes uchun individual xizmat ko‘rsatish — bu qulaylik bilan biznes yuritish demakdir


    “Yangi O‘zbekiston” bog‘i yo‘llari yopilgani haqidagi xabarlar asossiz 


    Central Asian University xalqaro Vasiylik kengashi tashkil etilganini e’lon qiladi 

     

    Tavsiya etamiz

    O‘zbekistonda non narxi nega qimmatlashayotgani o‘rganildi

    16 avgust, 23:46
    Audio Icon

    Qutblar tutashuvi – AQSH prezidentlari sovet va Rossiya rahbarlari bilan necha marta uchrashgan?

    16 avgust, 21:27
    Audio Icon

    “U imperiyani qutqarishi kerak edi” Tarixdagi eng yirik va qudratli jangovar kema – Yamato haqida

    15 avgust, 09:15

    Arash mojarosi: bir o‘zbek undan pulini ololmay sarson, boshqasi esa ko‘p pul bermoqda

    14 avgust, 21:02
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    O‘zbekistonda non narxi nega qimmatlashayotgani o‘rganildi

    O‘zbekiston | 16 avgust, 23:46

    Qutblar tutashuvi – AQSH prezidentlari sovet va Rossiya rahbarlari bilan necha marta uchrashgan?

    Dunyo | 16 avgust, 21:27

    Gretsiyada 4 kun ichida 242 ta o‘rmon yong‘ini sodir bo‘ldi (video)

    Dunyo | 16 avgust, 23:39

    Madonna 66 yoshda: butun umr otasining roziligini izlagan va jannatdan haydalishdan qo‘rqqan qizaloqdan pop malikasi bo‘lishgacha bosib o‘tilgan yo‘l

    Musiqa | 16 avgust, 23:26

    AQSH g‘azoliklar uchun viza berishni to‘xtatdi

    Dunyo | 16 avgust, 23:15

    Afg‘onistonda soqol olgan erkaklar hibsga olinmoqda

    Dunyo | 16 avgust, 22:55

    Superliga. “Nasaf” “Sho‘rtan”ni ishonchli hisobda mag‘lubiyatga uchratdi

    Sport | 16 avgust, 22:44

    “Jamiyat bilan davlat o‘rtasida muloqot yo‘q” — Abdulla Abduqodirov O‘zbekiston rivoji uchun nimalar muhimligi haqida

    O‘zbekiston | 16 avgust, 22:34
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.