Madridning “Real” klubiga muxlislik qiluvchi ruminiyalik fuqaro o‘z uyiga o‘t qo‘ydi, deb yozdi “Sports.ru” nashri. Bunga sabab “Qirollik klubi”ning “El-Klasiko”da “Barselona”dan yirik hisobda mag‘lub bo‘lganidir.
Qayd etilishicha, 70 yoshlar atrofidagi futbol fanati jahl ustida yonib turgan olovga uni yanada alangalatish uchun qo‘llaniladigan ballonni uloqtirgan. Choldan uncha uzoq bo‘lmagan masofada yashovchi ayol qora tutunni ko‘rishi hamonoq, yordam chaqirgan. Aynan uning sharofati bilan o‘t o‘chiruvchilar “Real” muxlisini o‘limdan saqlab qolgan.
Omon qolgan fanat jamoasi ishtirokidagi bu qadar sharmandali bellashuvni boshqa ko‘rishni istamasligi haqida aytib o‘tdi. Endi uni oldinda psixodispanserdagi muolajalar kutib turibdi.
Qayd etish kerak, La Liganing amaldagi chempioni bo‘lgan “Real” azaliy raqibi “Barselona”dan 11 ochko ortda qolayotgani yetmaganidek, o‘zaro o‘yinda 0:3 hisobida imkoniyatni boy berib qo‘ygandi.
Izoh (0)