23 yoshgacha bo‘lgan futbolchilar o‘rtasidagi Osiyo Chempionatiga tayyorgarlik ko‘rayotgan O‘zbekiston termasi Qarshidagi yig‘inni yakunladi.
Ravshan Haydarov boshqaruvidagi jamoa mamlakat vitse-chempioni bo‘lgan hamda Chempionlar Ligasining pley-off o‘yiniga tayyorgarlik ko‘rayotgan “Nasaf”ga qarshi ikki o‘rtoqlik o‘yinida maydonga tushdi. Birinchi bellashuv termaning 3:0 hisobidagi g‘alabasi bilan yakuniga yetgandi.
Tailanddagi turnirda Yaponiyani taslim qilgan O‘zbekiston termasi, Qarshida “Nasaf”ga 3 ta gol urdi
Takroriy o‘yinda ham legionerlarsiz harakat qilgan Ro‘ziqul Berdiyev boshqaruvidagi “Nasaf” imkoniyatni boy berdi. Farqi, bu safar 2 ta gol urishga erishdi — 2:3. “Bunyodkor” a’zosi Doston Hamdamov bu safar ham qarshiliklar darvozasiga yo‘l topdi.Xitoy mezbonligidagi Osiyo Chempionati 9-yanvar kuni start oladi. O‘zbekiston musobaqaning “A” guruhida Xitoy, Qatar va Ummon termalariga qarshi kurash olib boradi. Jamoa safarga 5-yanvar kuni jo‘nab ketadi.
O‘rtoqlik o‘yini Qarshi shahri 23-dekabr, shanba
Izoh (0)