Shakli bosh suyagini eslatadigan 2015 TB-145 asteroidi Yerga yaqinlashmoqda. U sayyoraga minimal darajada 2018-yilda yaqin keladi, deb yozadi “Korrespondent.net”.
Asteroidning kattaligi 625 dan 700 metrgacha bo‘lib, aylanish davri esa qariyb 3 soatni tashkil qiladi. Shu bilan birga, uning yuzasi quyosh nurining taxminan olti foizinigina aks ettiradi.
Osmon jismi Yerga 2018-yilning noyabrida yaqin keladi.
Asteroidning Yerga yaqinlashuvi bundan avval 2015-yilning oktabrida yuz bergan. Osmon jismi sayyoradan Yerdan Oygacha bo‘lgan masofaning bor-yo‘g‘i 1,3 barobariga teng masofada uchib o‘tgan. Kelasi yilda u bundan biroz uzoqroq masofada uchib o‘tadi.
Olimlar prognozlariga ko‘ra, 2015 TB-145 asteroidining Yer bilan keyingi yaqinlashuvi 2088-yildagina yuz beradi.
Izoh (0)