Mars yuzasida antiqa naqshlarni hosil qilgan katta to‘lqinsimon yoriqlar paydo bo‘ldi. Bu haqda Hi-Tech Mail.Ru. xabar bermoqda.
Ular sayyora ekvatori janubidagi Meridian platosida joylashgan.
Fotolarni 2006-yil Mars orbitasiga chiqqan razvedka sun’iy yo‘ldoshi yubordi. Qurilmadan muntazam ravishda sayyora yuzasining ajoyib suratlari kelib turadi, ular bir-birini aslo takrorlamaydi.
MRO qator ilmiy asbob-anjomlar, jumladan, kameralar, spektrometrlar, turli radarlarga ega bo‘lib, ular sayyora yuzasi, past-balandliklari, haroratini tadqiq etish imkonini beradi.
Izoh (0)