Oksford universiteti olimlari Marsdagi suv turli jinslar tomonidan so‘rilgan va bu sayyorani hayot uchun yaroqsiz holga olib kelgan, degan xulosaga keldi. Bu haqda Phys.org xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, qadimiy Marsning yuzasida suyuq suv bo‘lgan, biroq sayyora magnit maydonining yo‘qolishi natijasida quyosh shamollari sayyora atmosferasining tarqalib ketishiga olib kelgan. Iqlimiy o‘zgarishlar oqibatida suv kosmosga uchib ketgan yoki muz shaklida turli jinslar qatlami orasida qolib ketgan. Biroq bu nazariya suyuq suvning butun hajmi yo‘qolishiga taalluqli emas.
Olimlar suvning qanday miqdori jinslar tarkibidagi kimyoviy moddalar bilan reaksiyaga kirishishini tushunish uchun Mars gruntining xususiyatlarini modellashtirgan. Natijada Qizil sayyoradagi minerallar Yerga qaraganda suvni 25 foizga ko‘proq saqlash holatida ekanligi aniqlandi. Olimlarning taxminicha, jinslar mochalka kabi suvni shimib olib, sayyora yuzasining qurib qolishiga sabab bo‘lgan.
Izoh (0)