Rossiya tarkibidagi Boshqirdiston Respublikasining Ufa shahrida 26 yoshli O‘zbekiston fuqarosi gulini olishdan bosh tortgan qizni pichoqlab o‘ldirdi, deb yozadi “Metronews.ru”.
Tergov versiyasiga ko‘ra, o‘zbekistonlik 20-dekabr kuni Kalinin tumanidagi do‘konlardan birida u bilan munosabatlarini davom ettirishdan bosh tortgan ma’shuqasiga kamida 17 ta sanchish-kesish jarohatlarini yetkazgan. Shikastlanishlar natijasida 23 yoshli qiz voqea joyida vafot etgan.
So‘ng yigit o‘zining chap ko‘kragiga ham pichoq sanchgan, oqibatda u og‘ir ahvolda kasalxonaga yotqizildi.
Internetda fojia oqibatlari aks etgan video paydo bo‘ldi. Xususan, guvohlar qotillikda gumonlanuvchining o‘zini ham videoga tushirishga ulgurdi. Hodisa yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi, tekshiruv olib borilmoqda.
Izoh (0)