Los-Anjeles hamda Chikago aholisi Apple kompaniyasiga qarshi jamoaviy ariza bilan sudga murojaat qildi. Bu haqda, iGuides nashriga tayanib, “Terabayt.uz” xabar berdi.
Da’vogarlar ishlab chiqaruvchidan bunday qilishni to‘xtatishini, yangi qurilmalar xaridiga sarflangan mablag‘larni qoplab berishini hamda ma’naviy zararni ham qoplashini talab etmoqda.
Arizachilarning fikricha, Apple ataylab — har yili yanada ko‘proq foydalanuvchilar yangi ayfonlarni xarid qilishlari uchun oldingi modellarning samaradorligini sun’iy tarzda pasaytirib kelmoqda. Biroq arizada masalaning texnik jihati e’tiborga olinmagan — axir bir necha bor quvvatlashlar natijasida litiyli akkumulyatorlarning tabiiy eskirishi ham bor gap.
Avvalroq Apple kompaniyasi iPhone’larning ishlash samaradorligini ataylabdan pasaytirib qo‘yayotganligi haqida xabar berilgandi.
Izoh (0)