“Yandeks” kompaniyasi matbuot xizmati o‘zbekistonliklarning 2017-yil noyabri oxiri—dekabri boshidagi mobil telefonlar haqidagi so‘rovlarini tahlil qilib chiqdi, deb yozadi “Mobinfo.uz”.
Qidiruv tizimi statistikasiga ko‘ra, yil oxirida O‘zbekiston aholisi “Yandeks”da eng ko‘p Samsung Galaxy S8 ni qidirgan. Ikkinchi o‘rinni O‘zbekistonda 2017-yilda eng ko‘p sotilgan smartfon — Xiaomi Redmi 4X egalladi. Shuningdek, Janubiy Koreya kompaniyasining eskiroq modellari, xususan, Samsung Galaxy S7 ga hamda iPhone 7 ga bo‘lgan qiziqish ham o‘sgan.
O‘zbekistonliklar “Yandeks”da eng ko‘p qidirgan smartfonlar o‘ntaligi:
- Samsung Galaxy S8
- Xiaomi Redmi 4X
- Samsung Galaxy S7
- iPhone 7
- Samsung Galaxy J5
- iPhone X
- iPhone 6
- Samsung Galaxy A5
- iPhone 8
- iPhone 5s.
Izoh (0)