Londonlik yigit London metrosida harakatlanayotgan poyezd yaqinlashishiga bir bahya qolganida bir perrondan ikkinchisiga sakrab o‘tdi. Guvohlardan biri voqeani videoga oldi, deb yozadi The Sun.
Rolikda yigit sakrash eng xavfli bo‘ladigan lahzani ataylab kutayotganini ko‘rish mumkin.
Ijtimoiy tarmoqlarda foydalanuvchilar video qahramonini ahmoq deb atadi va uning xavfli yo‘l bilan mashhur bo‘lish istagi ustida kuyib-pisha boshladi.
Metropoliten ma’muriyati tekshiruv boshlaganini ma’lum qildi, shuningdek, “hunarboz”ni qidirib topib, javobgarlikka tortish uchun politsiya bilan bog‘landi. “Bu odamning xatti-harakatlari nafaqat uning o‘zi, balki haydovchi va yo‘lovchilar uchun ham xavf tug‘diradi”, — deyishdi metro matbuot xizmatida.
Izoh (0)