Janubiy Koreya razvedkasi KXDRni Bithumb kriptovalyuta birjasiga xakerlik hujumida gumon qildi. Bu haqda Yonhap agentligi xabar bermoqda.
Manbalarga ko‘ra, fevral oyida amalga oshirilgan, biroq iyundagina ma’lum bo‘lgan kiberhujum natijasida 7 million dollarga teng kriptovalyuta o‘g‘irlangan. Hozirda ularning narxi 80 million dollardan oshadi.
Shuningdek, birjaning 30 mingga yaqin foydalanuvchisi shaxsiy ma’lumoti ham o‘g‘irlangan. Xakerlar ularni o‘chirib tashlash uchun Bithumb’dan 5,5 million dollar talab qildi.
Izoh (0)