Facebook’ka tegishli bo‘lgan WhatsApp messenjerining integratsiyasi yangi funksiyalar hisobiga faol ravishda kengaytirilmoqda, deb yozadi Hi-Tech Mail.Ru. Yaqinda esa messenjer orqali Facebook’dagi sahifalar bilan bog‘lanish mumkin bo‘ldi.
Endi sizni qiziqtirayotgan brend sahifasi bilan bog‘lanish uchun WhatsApp orqali qo‘ng‘iroq qilish yoki xabar yozish mumkin. Funksiya Shimoliy va Janubiy Amerika, Afrika, Avstraliya va Osiyoning katta qismida paydo bo‘ldi, Rossiya va Yevropada esa hozircha yo‘q.
Facebook ma’lum qilishicha, tarmoqdagi 1 milliondan ortiq sahifada ayni paytda shundoq ham bog‘lanish uchun WhatsApp raqamlari bor, endi esa ushbu o‘zaro bog‘liqlik yanada “rasmiyroq” tus oladi.
Izoh (0)