Google Xitoy poytaxtida sun’iy intellekt ilmiy-tadqiqot markazini ochadi, deb yozadi “TASS”. Bu kompaniyaning Nyu-York, Toronto, London va Syurixdagi markazlaridan tashqari, Osiyodagi birinchi obyekti bo‘ladi.
“Sun’iy aqlning chegarasi yo‘q, uning imkoniyatlari cheksiz — oxir-oqibat butun dunyodagi odamlarning hayotini yaxshilash mumkin”, — dedi Google Cloud bosh ilmiy maslahatchisi Li Feyfey. Uning so‘zlariga ko‘ra, yangi markaz tegishli sohadagi fundamental ishlanmalarga e’tibor qaratadi.
Google Pekindagi markazda ishlash uchun xorijlik va xitoylik olimlarni faol ravishda jalb qilishni rejalashtirmoqda. “Umid qilamizki, u muvaffaqiyatli g‘oyalarni ishlab chiqishga qodir yosh kreativ mutaxassislar uchun o‘ziga xos magnitga aylanadi”, — deya qo‘shib qo‘ydi Feyfey.
Izoh (0)