Facebook ijtimoiy tarmog‘ida yangi virus tarqalmoqda. Foydalanuvchilarga do‘stlardan video_1459 kabi fayl ilova qilingan xabar kelmoqda (raqamlar o‘zgarishi mumkin). Bu haqda “Korrespondent.net” xabar berdi.
Agar bunday xabar kelsa, uni yuklamaslik va ochmaslik tavsiya qilinmoqda. Foydalanuvchiga yuborilgan havola orqali kirilsa, dastur fayli yuklanishni boshlaydi, yuklangan faylni o‘rnatish kerak bo‘ladi. Keyin esa YouTube’ga o‘xshash dastur belgisi paydo bo‘ladi. Natijada foydalanuvchining sahifasidagi ma’lumotlar firibgarlarning qo‘liga tushadi. Shundan so‘ng esa mazkur foydalanuvchining nomidan spamli jo‘natmalar jo‘natiladi.
Virusdan kompyuterni antivirus yordamida tozalab, qutulish mumkin. Keyin Facebook sahifasining parolini o‘zgartirish va ikkita omilli autentifikatsiyani o‘rnatish kerak.
Izoh (0)