Avvalroq Rossiya prezidenti saylovida o‘z nomzodini qo‘yishi haqida e’lon qilgan Kseniya Sobchak bir qator siyosiy kuchlar bilan birlashish sharti bilan o‘z nomzodini olishga tayyorligini ma’lum qildi. Bu haqda u Yekaterinburgda o‘z hududiy shtabi ochilishidan so‘ng jurnalistlarga ma’lum qildi, deb yozadi “TASS”.
“Uning hamma fikrlariga va xatti-harakatlariga qo‘shilmasam-da, Aleksey Navalniyga ruxsat berishmayotganini chin yurakdan adolatsizlik deb hisoblayman. Umuman olganda, bizda — menda ham, unda (Navalniyda) ham, Grigoriy Yavlinskiyda ham, boshqa siyosatchilarda ham — qandaydir umumiy maqsad bor, deb o‘ylayman… Men birlashishga tayyorman, allaqachon bir qator muhim bayonotlarni berganman, va men buni o‘z nomzodimni olgunimga qadar bajarishga tayyorman. Men uchun bunday dohiylikka intilish begona, men uchun o‘z ishimni bajarish muhim”, — dedi Sobchak.
Eslatib o‘tamiz, Kseniya Sobchak Rossiya prezidenti saylovida qatnashish rejalari haqida 24-oktabr kuni e’lon qilgan edi.
Izoh (0)