Yaponiya hukumati 2018-moliyaviy yil budjetida mudofaa xarajatlariga rekord miqdordagi summa — 5,19 trillion iyena (46,1 milliard dollar) ajratishni rejalashtirmoqda. Bu haqda “TASS” xabar berdi.
Bu summa bir yil avvalgiga nisbatan taxminan 70 milliard iyena (624 million dollar)ga ko‘p.
Qo‘shimcha xarajatlarning katta qismi Yaponiya hududida AQShning Aegis Ahore havo hujumidan himoya komplekslarini joylashtirish, shuningdek, Tokio va Vashinton birgalikda ishlab chiqayotgan yangi SM-3 Block 2A tutib qoluvchi raketalarni xarid qilishga ketadi.
Mamlakat rasmiylariga ko‘ra, mazkur choralar Shimoliy Koreya tahdidi tufayli talab qilinmoqda.
Izoh (0)