AQSh milliy arxivi 15-dekabr kuni prezident Jon Kennedining o‘limiga aloqador 3,5 mingdan ortiq hujjatlarni e’lon qildi, deb xabar beradi “RIA Novosti”.
Arxiv saytida qayd etilishicha, bu prezidentning o‘limi bilan bog‘liq hujjatlarning joriy yil hisobidan oltinchi va so‘nggi bor chop etilishidir.
Saytda hozirgi kunda 1992-yildagi qonunchilikda ko‘zda tutilgan barcha hujjatlar to‘liq yoki qisman chop etilgani ham aytib o‘tilgan.
“88 ta hujjat bundan mustasno. Ular Milliy arxiv va boshqa tashkilotlar xodimlari tomonidan qo‘shimcha o‘rganishni talab etadi”, — deyiladi xabarda.
2017-yilning iyul oyidan boshlab Kennedining o‘limiga aloqador jami 34 ming hujjat e’lon qilindi.
Jon Kennedi 1963-yilning 22-noyabrida Dallas shahrida otib o‘ldirilgan edi.
Izoh (0)