Toshkent shahar IIBB xodimlari tomonidan 2017-yilning 14-dekabr kuni o‘tkazilgan “Tozalash-Antiterror” tadbiri davomida muqaddam sudlangan Ravshan Usmonov va Jamila Usmonova Mirzo Ulug‘bek tumani, Buyuk ipak yo‘li ko‘chasi bo‘ylab harakatlanib ketayotgan avtobusda o‘g‘irlik qilgani aniqlangan. Bu haqda Toshkent shahar IIBB xabar berdi.
Ikki sherik yo‘lovchi S.U.ning chalg‘iganidan foydalanib, uning egnidagi kiyimidan bahosi 500 ming so‘m bo‘lgan Lenovo rusumli uyali telefonini o‘g‘irlab, jinoyat joyidan yashiringan.
Mazkur holat yuzasidan Mirzo Ulug‘bek tumani IIB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining 169-moddasi 2-qismi “a” va “v” bandlari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Hozirda dastlabki tergov harakatlari davom ettirilib, ularning boshqa jinoyatlarga aloqadorliklari tekshirilmoqda.
Izoh (0)