“Fursatdan foydalanib, sizlarga muhim bir xushxabarni yetkazmoqchiman”, — dedi Shavkat Mirziyoyev Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi deputatlari va faollari bilan bo‘lib o‘tayotgan uchrashuvda, deb xabar beradi O‘zA xabar beradi.
“Kelgusi yilda nafaqat Qoraqalpog‘iston, balki butun mamlakat iqtisodiyotida ulkan rivojlanishni ta’minlaydigan yirik loyiha amalga oshiriladi. Ya’ni, Tebinbuloq konini o‘zlashtirib, mamlakatimizda birinchi marta temir rudasi qazib olishni ko‘zda tutadigan, qiymati 810 million dollarga teng bo‘lgan loyiha bajariladi”, — deb ta’kidladi davlat rahbari.
Bu loyihaning ikkinchi bosqichini ishga tushirish uchun 940 million dollar sarmoya kiritiladi. Natijada 2021-yildan boshlab bu yerda yiliga 1 million tonna po‘lat ishlab chiqarish imkoniyati paydo bo‘ladi.
Izoh (0)