Xorazm viloyati Qo‘shko‘pir tumanidagi 13 mahalla fuqarolar yig‘ini hududida joriy yil boshidan noyabr oyiga qadar birorta ham jinoyat sodir etilmagan, deb xabar beradi O‘zA.
Yil boshidan buyon ta’lim muassasalarida 1 ming 328 marta “Davomat” tadbirlari o‘tkazilgan. Dars mashg‘ulotlariga sababsiz qatnashmayotgan 100 o‘quvchi darsga qaytarilgan.
Bu borada o‘ta mas’uliyatsiz bo‘lgan 118 nafar ota-onaga ma’muriy va 20 ta’lim muassasasi rahbariga nisbatan intizomiy jazo choralari qo‘llanilgan.
Shuningdek, Qo‘shko‘pir, Xiva tumanlari va Xiva shahrida oilalar, mahallalar, korxona-tashkilot va muassasalarda aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish, iqtisodiy va ijtimoiy jihatdan orqada qolayotgan mahallalarni rivojlantirish borasida ko‘plab ishlar amalga oshirildi.
Izoh (0)