O‘zbekistonning ayrim hududlarida kuzatilayotgan kuchli tuman sabab amaldagi aviareyslar jadvaliga tuzatishlar kiritildi, deya xabar bermoqda “O‘zbekiston havo yo‘llari”.
Eslatib o‘tamiz, 16-dekabrga o‘tar kechasi ko‘rish darajasi yomonlashgani munosabati bilan Toshkent, Buxoro va Andijon aeroportlari samolyotlar uchishi va qo‘nishi uchun yopilgan edi. “O‘zbekiston havo yo‘llari”ning 11 ta reysi zaxira aerodromlarga qo‘ndi, deb yozadi “Gazeta.uz”.
Ushbu xabar tayyorlanayotgan vaqtda “O‘zbekiston havo yo‘llari”ning Sochidan uchib kelayotgan (HY 686) va Nukusdan parvoz qilayotgan (HY 54) reyslari zaxira aerodromi — Samarqandga yo‘naltirilgan, boshqa bir necha reyslarning uchishi va qo‘nishi kechiktirilgan.
Toshkent va Samarqand aeroportlari maqomini onlayn-tablo yoki aeroportlarning axborot telefonlari orqali aniqlashtirib olish mumkin.
Milliy aviakompaniya axborotida qayd etishicha, ob-havo sharoitlari yaxshilanishi bilan, uchuvchilar parvozlarni bajarishga tayyor. Kompaniya yuzaga kelgan noqulaylik uchun uzr so‘ragan.
Izoh (0)