Qirg‘izistonda MDH davlatlaridan birining xalqaro qidiruvda bo‘lgan 1992-yilda tug‘ilgan fuqarosi qo‘lga olindi. Bu haqda, Qirg‘iziston Milliy xavfsizlik davlat qo‘mitasi matbuot xizmatiga asoslanib, Knews xabar bermoqda.
Davlat qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, u Shanxay hamkorlik tashkilotiga a’zo davlatlar maxsus xizmatlari tomonidan qidirilayotgan edi.
“U ekstremistik tashkilotning faol a’zosi bo‘lgani holda, jinoiy javobgarlikdan Qirg‘izistonda yashirinib kelgan. U shu yerda legallashib, keyingi targ‘ibot faoliyatini tashkil etish uchun yashirin diniy-ekstremistik tashkilot tuzishni rejalashtirgan. Qo‘lga olingan erkak, uni javobgarlikka tortish uchun, vakolatli hamkor-organlar vakillariga topshirilgan”, — deyiladi qo‘mita axborotida.
Izoh (0)