15-dekabr, juma kuni Koreya yarim orolida KXDR raketa-yadro dasturi kuchaytirilishi hamda AQSh va ittifoqdoshlari tomonidan mintaqada o‘tkazilayotgan harbiy mashg‘ulotlar natijasida keskinlashgan vaziyatni ko‘rib chiqish uchun o‘tkaziladigan BMT Xavfsizlik kengashi majlisida Pxenyan vakili ishtirok etadi, deb yozadi “TASS”. Uchrashuvda KXDRning BMTdagi doimiy vakili Cha Son Nam Pxenyan nomidan qatnashadi.
Ta’kidlanishicha, KXDRlik diplomatlar bunday majlislarda kamdan-kam ishtirok etadi.
Pxenyan avvalroq BMT Xavfsizlik kengashini xalqaro taqiqlarga qaramay olib borilayotgan raketa-yadro dasturi tufayli KXDRga shafqatsiz sanksiyalar joriy qilgani uchun ko‘p bora keskin tanqid qilgan edi.
Izoh (0)