11-dekabr kuni mavlid oyi munosabati bilan Farg‘ona viloyati Qo‘shtepa tumani imom-xatiblari tomonidan xayriya tadbiri tashkil etildi. Bu haqda O‘zbekiston musulmonlari idorasi xabar bermoqda.
Tuman bosh imom-xatibi R.Jalilov, “Mo‘yi Muborak” masjidi imom-xatibi L.Suyarqulov hamda “G‘ishtmon” masjidi imom-xatibi I.Haydarovlar yordamga muhtoj, kam ta’minlangan, boquvchisini yo‘qotgan fuqarolarga qishqi kiyim-kechak, oziq-ovqat mahsulotlari tarqatdi.
Xuddi shunday tadbirlar Quva, Oltiariq, Furqat tumanlarida ham tashkillashtirilib, unda imom-xatiblar homiylarni jalb qilgan holda qishqi kiyim-kechak, oziq-ovqat mahsulotlari bilan bir qatorda maishiy ehtiyoj uchun zarur bo‘lgan ashyolarning ehtiyojmand xonadonlarga yetkazib bermoqda.
Izoh (0)