Toshkent shahar IIBB Qo‘riqlash boshqarmasi tizimlari tomonidan obyektlar va ko‘p qavatli xonadonlarni texnik qo‘riqlash markazlari qo‘riqloviga ulanish, videokuzatuv moslamalari o‘rnatilishining afzalliklari yuzasidan targ‘ibot-tashviqot ishlari amalga oshirilib kelinmoqda. Bu haqda IIBB matbuot xizmati xabar bermoqda.
Jumladan, shahar hududining 11 ta tumaniga jami 110 nafar xodim jalb qilinib, “Pritok-A” moslamalari afzaliklarini yorituvchi namunaviy stendlar hamda 3000 ta bukletlar tarqatildi.
Shuningdek, poytaxtning Yakkasaroy, Sergeli, Mirzo Ulug‘bek, Yunusobod, Chilonzor, Uchtepa tumanlarida “Pritok-A” moslamalari reja asosida o‘rnatilmoqda.
Izoh (0)