O‘zbekiston shaxmat federatsiyasida “SOS bolalar shaharchasi”, 22 va 23-Mehribonlik uylari tarbiyalanuvchilari o‘rtasida shaxmat musobaqasi bo‘lib o‘tdi. Bu haqda O‘zA xabar berdi.
Bolalar sportini rivojlantirish jamg‘armasi Toshkent shahar bo‘limi tomonidan tashkil etilgan kichik turnirda “SOS bolalar shaharchasi”ning birinchi jamoasi g‘olib bo‘ldi.
Turnir yakunida barcha ishtirokchilar homiylar tomonidan rag‘batlantirildi.
Izoh (0)