12-dekabrning e’tiborga molik yangiliklari — “Daryo”ning kechki dayjestida.
1. Tramp AQShning Oyga parvozlari to‘g‘risidagi yo‘riqnomani imzoladi. Bu amerikalik astronavtlarning 1972-yildan buyon ilk bor Oyga uzoq muddatli tadqiqotlar uchun qaytishida muhim qadam bo‘ladi.
2. Toshkentdagi ikki xonadonda 39 kishi noqonuniy yashab kelgani aniqlandi. Ular O‘zbekistonning turli hududlaridan kelgan, xonadonlarda ijara asosida istiqomat qilayotgan shaxslar bo‘lgan.
3. O‘zbekistonlik oshpaz London restoranida dunyodagi eng qimmatbaho kabobni pishiradi. Asosiy taomnomaga kiritilmagan kabob maxsus buyurtma bo‘yicha pishiriladi va bu sizga 1200 dollarga tushadi.
4. “Pyatiminutka” yoki gap haqida gap. Kolumnist Azizbek Abduvaliyev — ba’zan soatlab davom etadigan va ko‘pincha vaqtning behuda sarfiga sababchi yig‘ilishlar haqida.