GM Uzbekistan aksiyadorlik jamiyati 2017-yilning yanvar—noyabrida Rossiyada 12,98 mingta Ravon avtomobilini sotdi, deb yozadi UzDaily Yevropa biznesi assotsiatsiyasi Avtomobil ishlab chiqaruvchilar qo‘mitasiga tayanib.
Qo‘mita ma’lumotlariga ko‘ra, GM Uzbekistan 2017-yilning noyabrida Rossiyada 1,83 mingdan ortiq Ravon avtomobillarini sotgan.
GM Uzbekistan’ning Rossiya bozoridagi ulushi 2017-yilning 11 oyi yakunlariga ko‘ra, 0,9 foizni tashkil qildi, 2016-yilning shu davrida esa ushbu ko‘rsatkich 0,8 foizga teng edi.
2017-yilning yanvar—noyabri natijalariga ko‘ra, GM Uzbekistan AJ Rossiyada avtomobillar savdosi hajmi bo‘yicha 19-o‘rinni egalladi. GM Uzbekistan modellaridan hech biri hisobot davrida Top-25 bestsellerlar ro‘yxatiga kirmadi.
Izoh (0)