Moskva viloyatining Ramenskoye tumanidagi yong‘inda o‘zbekistonlik ikki ayol va bir erkak halok bo‘ldi. Ofat oqibatida yana besh kishi jabrlandi. Bu haqda “Nuz.uz” xabar bermoqda.
Tumandagi “Aist” savdo markazida yong‘in 8-dekabr, juma kuni ertalab ro‘y berdi. O‘t o‘chiruvchilar alangani yarim soatda bartaraf etishga muvaffaq bo‘ldi, biroq olov 40 kvadrat metrni qamrab olishga erishdi.
Do‘kon xodimi bo‘lgan uch qurbonning ismi-sharifi hozircha ma’lum emas. Mazkur holat bo‘yicha jinoiy ish qo‘zg‘atildi va tergov olib borilmoqda. Yong‘in ro‘y bergan binoni ijaraga olgan tadbirkor hibsga olindi.
Izoh (0)