Amerikaning Federal Express Corp. (FedEx) pochta kompaniyasiga tegishli transport samolyoti 9-dekabr, shanba kuni Tokioning Narita aeroportiga favqulodda qo‘nishni amalga oshirdi. Bu haqda Yaponiya davlat yerlari, infratuzilmasi, transport va turizm vazirligiga tayanib, “TASS” xabar berdi.
Samolyot Amerikaning Ankorij (Alyaska shtati) shahridan Tayvan orolidagi Taybey shahriga uchayotgan bo‘lgan. Favqulodda qo‘nishga uchuvchi kabinasining tutunga to‘lib ketishi sabab bo‘lgan.
Samolyot bortidagi uch nafar ekipaj a’zosidan hech biriga jarohat yetmagan.
Izoh (0)