Hindistonlik ayol oyoqlari birlashib ketgan chaqaloqni dunyoga keltirdi. Bu haqda Daily Mail’ga tayanib, “Korrespondent.net” xabar berdi.
Ta’kidlanishicha, 23 yoshli ayol homiladorligi vaqtida tekshiruvlardan o‘tmagan. Shu sababli boladagi sirenomeliya yoki Suv parisi sindromi deb ataluvchi anomal rivojlanish haqida faqatgina tug‘uruqxonada ma’lum bo‘lgan.
Bolakay tug‘ilganidan to‘rt soat o‘tgach vafot etgan. Shifokorlarning ma’lum qilishicha, sindromning yuzaga kelishiga onaning yomon ovqatlangani va undagi noto‘g‘ri qon aylanish sabab bo‘lgan bo‘lishi mumkin.
Suv parisi sindromi yuz mingta holatdan bittasida uchraydi va odatda buyrak hamda siydik pufagi to‘g‘ri rivojlanmaganligi tufayli chaqaloqlar bir sutka ichida vafot etadi.
Izoh (0)