BMT Xavfsizlik kengashining AQSh Quddusni Isroil poytaxti sifatida tan olishiga bag‘ishlangan shoshilinch yig‘ilishida barcha 14 a’zo-davlat Trampning bir tomonlama qarorini tanqid ostiga oldi. Bu haqda “Korrespondent.net” xabar bermoqda.
Misrning BMTdagi vakili qarorni “xavfli namuna” deb atadi. Buyuk Britaniya, Italiya, Shvetsiya va Germaniya diplomatlari qo‘shma tanqidiy bayonot bilan chiqdi. Yevropa davlatlari vakillariga ko‘ra, mazkur qaror “BMT rezolyutsiyalariga muvofiq emas” va “mintaqada tinchlik o‘rnatilishiga hech qanday yordam bermaydi”.
Biroq AQShning veto huquqini inobatga olib, Xavfsizlik kengashi na qo‘shma bayonot, na rezolyutsiya qabul qildi.
Izoh (0)