O‘zbekiston bosh prokuraturasi kolbasa sexidan eshak go‘shti topilishi fakti yuzasidan jinoiy ish qo‘zg‘atilganini ma’lum qildi. Bu haqda idoraning rasmiy saytida ma’lum qilindi.
Muqaddam “Sharshara” brendi ostida go‘sht mahsulotlari ishlab chiqaruvchi Gold Premium Product kompaniyasining Toshkent shahar Olmazor tumanidagi sexidan boshqa go‘sht turlariga qo‘shib yuborilgan 69,6 kilogramm eshak go‘shti topilgani xabar qilingan edi.
Tekshiruvlar davomida sex ishchilari 275 kilogramm go‘shtga 69 kilogrammdan ko‘proq eshak go‘shti va boshqa go‘sht mahsulotlari qo‘shilgani aniqlandi.
Tegishli tashkilotlarning xulosasiga ko‘ra, musodara etilgan go‘sht mahsulotlari iste’molchilar hayoti va sog‘lig‘i xavfsizligini ta’minlash talablariga javob bermaydi.
Izoh (0)