Prezident Shavkat Mirziyoyev Qoraqalpog‘istonga safari chog‘ida tashrif buyurgan Xo‘jayli tumanidagi 69-sonli maktab bugungi kunda to‘liq ta’mirdan chiqarilib, zamonaviy asbob-uskuna, mebel va jihozlar bilan ta’minlandi. Bu haqda Qoraqalpog‘iston axborot agentligi xabar bermoqda.
Prezident mazkur maktabga tashrif chog‘ida maktab o‘qituvchilari bilan muloqot qilib, unda maktablarning infratuzilmasini yaxshilash, bu yerda litsey va kollejlarning bo‘lg‘usi munosib o‘quvchilarini tayyorlash va umuman Vatan ravnaqi uchun malakali kadrlar tarbiyalash ishlarini takomillashtirishni ta’kidlab o‘tgandi.
Ushbu maktabda Qoraqalpog‘iston Xalq ta’limi vazirligi tomonidan tashkil qilingan sayyor hay’at majlisi ishtirokchilari maktabning hozirgi holati bilan tanishdi.
Izoh (0)