Toshkent viloyatining Zangiota, Chinoz, Quyi Chirchiq va Yangiyo‘l tumanlarida nogironligi bo‘lgan shaxslarga uy-joylar topshirildi. Bu haqda viloyat IIB matbuot xizmati ma’lum qildi.
Jumladan, Yangiyo‘l tumanida uy-joyga ehtiyojmand, nogironligi bo‘lgan Furqat Usmonov va uning oilasi ikki xonali xonadonga ega bo‘ldi.
Nurafshon shahrida istiqomat qiluvchi Shokir Ashurmatov bir necha yillar qishloq xo‘jaligi sohasida mehnat qilgan. Hozirda nogironligi bo‘lgan shaxslar ro‘yxatida turadi. Uning turmush o‘rtog‘i, o‘g‘li va kelini ham qishloq vrachlik punktida ro‘yxatda turadi.
Nurafshon shahar ichki ishlar bo‘limi rahbariyati tomonidan ushbu oila holidan xabar olinib, televizor, maishiy anjomlar va oziq-ovqat mahsulotlari topshirildi.
O‘rta Chirchiq tumanida o‘tkazilgan shunday tadbirda kam ta’minlangan va nogironligi bo‘lgan shaxs Vladimir Soyga tuman ichki ishlar bo‘limi mutasaddilari tomonidan qimmatbaho sovg‘alar va nogironlik aravachasi taqdim etildi.
Izoh (0)