Suriyaning Xoms shahrida yo‘lovchi avtobusi portlashi oqibatida yetti kishi halok bo‘ldi. Bu haqda politsiya boshlig‘ining so‘zlariga asoslanib, “Korrespondent.net” xabar bermoqda.
Uning so‘zlariga ko‘ra, avtobus hukumat tomonidan boshqariladigan Xoms shahrining Akram tumani hududida portlagan.
Portlashning boshqa tafsilotlari hozircha noma‘lum.
Izoh (0)