Germaniya aholisining 60 foizi AQSh Bundesver harbiy bazalariga joylashtirgan atom bombalarini olib chiqib ketishi tarafdori ekanligi aniqlandi, deb xabar beradi “TASS”.
So‘rovnomada 18—28 yoshdagi ikki ming nafar germaniyaliklar ishtirok etdi.
Xabarda qayd etilishicha, ayni paytda Germaniya harbiy-havo kuchlarining Byuxeldagi bazasida AQShga tegishli 20 ta atom bombasi mavjud.
So‘rovnoma ishtirokchilarining 18 foizi mazkur qurolning Germaniya hududidan olib chiqib ketilishi noo‘rin ekanligini ma’lum qilgan. 32 foiz so‘rovnoma ishtirokchilari esa yaqin 10 yil ichida yadro quroli qo‘llanilishi bilan bog‘liq harbiy ziddiyatlar avj olishini taxmin qilayotganini tan olgan.
So‘rovnomada qatnashganlarning yarmidan ko‘prog‘ining (55 foiz) fikricha, mamlakat hukumati yadro qurolini taqiqlash haqida shartnomani imzolashi kerak. Yadro qurolining olib chiqib ketilishiga qarshi ovoz berganlar esa 23 foizni tashkil etdi.
Izoh (0)