General Motors’ning Michigandagi poligoni yaqinida joylashgan Brayton Taunship shahrining olti nafar fuqarosi avtokonsernni sudga berdi. Ular avtomobil ishlab chiqaruvchilarni okrukdagi yer osti suvlarini ifloslantirishda, buning oqibatida esa odamlarning sog‘lig‘ida muammo tug‘ilganligi borasida ayblagan. Bu haqda Automotive News’ga tayanib, “Motor” xabar berdi.
22 sahifalik shikoyatda avtomobil ishlab chiqaruvchilar o‘z poligonida yo‘lga mo‘ljallangan tuz va kalsiy xloriddan foydalanishi yozilgan. Ular esa tuproqqa tushib okrukdagi suvlarni ifloslaydi. Shikoyatchilardan biri — Ellen Murning ma’lum qilishicha, ifloslanish oqibatida unda buyrak stenozi va gipertoniya aniqlangan.
Bundan tashqari, shikoyatchilar yer osti suvlarining ifloslanishi o‘zlarining uylaridagi quvurlarni zararlanishiga olib kelganini aytgan. Mur o‘zining uyidagi quvurlarni ta’mirlashga 10 ming dollar sarflagan.
Shikoyatchilar uylarini ta’mirlash va undan keyin paydo bo‘ladigan chiqindilarni tozalash uchun avtomobil ishlab chiqaruvchi kompaniyadan har biri 25 ming dollardan ortiqroq mablag‘ undirish niyatida.
General Motors ularning talabini asossiz deb topdi. Kompaniyaning ma’lum qilishicha, so‘nggi 20 yil ichida poligonlarda ishlatiladigan tuz 60 foizga qisqargan. Shu bilan birga, Brayton Taunshipning umumiy yo‘llarida ham shu turdagi tuzlar ishlatiladi.
Izoh (0)